Inson hayotining maʼnosi, uning jamiyatdagi obroʻ-eʼtibori va xonadonidagi qut-baraka, eng avvalo, halol mehnat darajasi bilan oʻlchanadi. Halollik shaxsning eʼtiqodi, dunyoqarashi va maʼnaviy kamolotini belgilab beruvchi eng oliy mezon sanaladi. Asrlar davomida «Halol mehnat – mangu rohat», «Haloldan kelgan baraka – elga toʻy, haromdan kelgan kulfat – boshga gʻov» kabi naqllar bejiz aytilmagan.
Картадан аймақты таңлаң