SOʻNGSOʻZ Oʻrnida Ubaydulla Tadjixanovich hayot boʻlganda, bu yil 85 bahorni qarshilagan boʻlardi. Afsuski, bugun mehribon ustoz oramizda yoʻq, lekin ustoz-murabbiyning zalvorli umri va boy hayotiy merosi bugun yosh xodimlar va kelajak avlod uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qilishi, shubhasiz. Zero, general-mayor Ubaydulla Tadjixanov singari oʻz hayotini, umrini el-yurt tinchligi, osoyishtaligini saqlashga, Vatanining ravnaqi, gullab-yashnashiga, respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun yetuk