Transport vositasini mast holatda boshqarish nafaqat maʼmuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab boʻlishi mumkin.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131-moddasi

Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarishi — transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Jinoyat kodeksining 2611-moddasi

Agar mazkur qilmish bir yil ichida takroran sodir etilsa — uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.