Mamlakatimizda jamiyat ravnaqi va barqarorligi, avvalo, uning quyi böğini hisoblanmiş mahallaning obod, tinç va farovonligi bilan belgilanadi. Şu bois aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş borasidagi sa’y-harakatlar bevosita joylarda yangiça tizim – «mahallabay» işlaş asosida taşkil etilmoqda.
Sönggi yillarda mahallalar «Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari» konsepsiyasini hayotga tatbiq etişda eng muhim taşkiliy-institutsional böğinga, aholiga eng yaqin xalqçil tuzilmaga aylandi. Ilgari hududlardagi ijtimoiy muammolar asosan markazlaşgan tarzda, yuqoridan hal etilib, quyiga uzatilardi. Bu esa ba’zi hollarda odamlarning haqiqiy dard-u taşvişlari e’tibordan çetda qolişiga sabab bölardi.
Prezidentimiz taşabbusi bilan joriy etilgan yangi yondaşuv – «mahallabay» işlaş tizimi eskiça qaraşlarni özgartirib, ustuvor vazifalarni bevosita mahallaning özidan, odamlarning kundalik turmuş tarzidan kelib çiqqan holda belgilaşda muhim dasturilamal böldi. Bugun mahallalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolar yiğini raisi, hokim yordamçisi, profilaktika inspektori, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, soliq inspektori va mahalla bankiridan iborat mas’ullar öz işini xonadonma-xonadon yurişdan, aholi dardini tinglaşdan boşlamoqda. E’tiborlisi, bu jarayonda mahallalardagi iqtisodiy holat, bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari va tomorqa yerlaridan foydalaniş körsatkiçlari singari masalalar bosqiçma-bosqiç tahlil qilinib borilmoqda. Natijada umumiy hisobotlardan voz keçilib, har bir oila va fuqaro taqdiriga manzilli yondaşilgani tufayli muammolar mahallaning özida ortiqça qoğozbozliksiz yeçimini topmoqda.
Jumladan, yoşlar va xotin-qizlarning tadbirkorlikka qiziqişlari aniqlanib, ularning bilim va könikmalarini oşiriş maqsadida maxsus öquv kurslari taşkil etilmoqda. Özini özi band qiliş istagida bölgan fuqarolarga zarur asbob-uskunalar xarid qiliş uçun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berilmoqda.
Mahalla bankirlari – banklarning eng quyi böğini sifatida hududlarning biznes imkoniyatlarini örganib, fuqarolarning taşabbuslarini tayyor loyihalarga aylantirişga kömaklaşmoqda. Ular «xonadonbay» tizimi asosida har bir oilaga maqbul biznes-rejalarni taklif etiş barobarida, kredit ajratişdan tortib tadbirkorlikni yölga qöyiş va tayyor mahsulotni sotişgaça bölgan barça bosqiçlarda yaqindan hamrohlik qilmoqda. Natijada fuqarolar barqaror daromad manbayi hisoblangan mehnatga jalb etilmoqda.
Sönggi yillarda mahalla fuqarolar yiğinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga ham alohida e’tibor qaratilib, barça qulayliklarga ega zamonaviy mahalla binolari qad rostlamoqda. Bu esa fuqarolarning murojaat qilişi va ularga sifatli xizmat körsatiş uçun katta imkoniyat yaratmoqda.
Mahallalarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaş maqsadida joriy etilgan «Mahalla byudjeti» tizimi vakolatlarning quyi böğinlarga berilişi yölidagi çinakam muhim qadam böldi. Buning amaliy ifodasini ayni hududdan tuşadigan mahalliy soliqlarning bir qismi içki yöllarni ta’mirlaş, elektr tarmoqlari va içimlik suvi ta’minotini yaxşilaşga yönaltirilayotgani misolida köriş mumkin. Şuningdek, «Obod mahalla», «Obod qişloq», «Obod köça», «Obod xonadon» va «Yaşil makon» kabi loyihalar yurtimiz göşalarini tubdan yangilab, ekologik toza va qulay yaşaş muhitini yaratişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
«Mahallabay» işlaş tizimida «mahalla yettiligi» tarkibida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlarining xizmati alohida örin tutadi. Ayniqsa, «Poytaxt namunasi» asosida hududlarda xavfsiz muhit yaratiş borasidagi islohotlar aholining davlat idoralariga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli. Zotan, davlat siyosatining samaradorligi faqat iqtisodiy körsatkiçlar bilan emas, balki fuqarolarning tinç-osoyişta umr keçirişi, ertangi kunga bölgan işonçi va hayotdan roziligi bilan ölçanadi. Odamlarning öz muammolari bilan yolğiz qolmay, davlat ğamxörligini his etayotgani «mahallabay» işlaş tizimining boş natijasidir.
Xalq roziligiga erişiş – tinimsiz harakat, odamlar işonçini oqlaş va har bir insonga adolatli munosabatda böliş demakdir. Mahalla institutiga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda «mahallabay» işlaş tizimining hayotga muvaffaqiyatli tatbiq qilinişi yurtimizda inson qadrini uluğlaş, aholi farovonligini oşiriş va kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişda muhim tayanç bölib xizmat qilmoqda.