Kasbiy mahoratning işonçli tayançi
«Bir millatni yöq qiliş uçun uning kitobini yoqiş şart emas, mutolaani bas qilsang kifoya», degan edi taniqli mutafakkirlardan biri. Bu fikrning mantiqiy davomi sifatida aytiş joizki, kitob öqişdan töxtagan jamiyat öz taraqqiyotini ham töxtatadi. Zero, mutolaa insonning dunyoqaraşini boyitib, fikrlaş doirasini kengaytiradi, uni ma’nan yuksaltiradi. Intellektual quvvat va fikriy yetuklikdan mahrum bölgan ong esa taşqi ta’sirlarga tez beriluvçan va murakkab qarorlar qabul qilişda ojiz bölib qoladi.
Içki işlar organlari xodimlari faoliyati bevosita inson taqdiri, jamoat tartibi va qonun ustuvorligi bilan boğliq bölib, u har kuni turli vaziyatlar, muammolar va murakkab jinoyatlar bilan yuzma-yuz keladi. Aynan şunday paytda uning eng asosiy tayançi – bilim, mantiqiy fikrlaş va kitob mutolaasidir. Mas’uliyatli vazifalarni bajaruvçi xodimning murakkab hayotiy vaziyatlarda töğri, qonuniy va adolatli qarorga kelişi uning faqat xizmat tajribasigagina emas, balki çuqur bilim va yuksak mantiqiy fikrlaşiga ham bevosita boğliq.
Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda aytiş joizki, kitob mutolaasi içki işlar organlari xodimlari faoliyatining turli jabhalarida yuqori samara beradi. Xususan:
–
muloqot madaniyati va
stressga bardoşlilikda: har kuni turli fe’l-atvorli va kayfiyatdagi fuqarolar, nizoli vaziyatlar
hamda jinoyatçilik bilan yuzma-yuz keladigan xodim uçun psixologik barqarorlik
juda muhim. Mumtoz va zamonaviy badiiy adabiyotlarni öqiş xodimning empatiya
(boşqalar his-tuyğusini tuşuniş) hissini oşirib, zöriqişlarni yengişga va
fuqarolar bilan muloqotda vazmin bölişga yordam beradi;
– mantiqiy fikrlaşda: detektiv va psixologik asarlar, tergovçi va tezkor xodimlarda mantiqiy fikrlaş, voqealar örtasidagi sabab-oqibat boğlanişini köra oliş va sinçkovlik kabi kasbiy könikmalarni rivojlantiradi;
– profilaktik işlar samaradorligini oşirişda: içki işlar organlarining profilaktika inspektorlari bevosita jamiyatning içida, mahallalarda faoliyat yuritadi. Yuqori dunyoqaraş va söz boyligiga ega bölgan inspektor aholi örtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş böyiça tuşuntiriş işlarini ta’sirçan va işonçli tarzda olib bora oladi.
Tizimda kitobxonlikni ommalaştiriş
Içki işlar organlarida xodimlarning madaniy-ma’rifiy saviyasini oşiriş va kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Xususan, IIV tasarrufida jami 223 ta kutubxona hamda 196 ta «Innovatsion kutubxona burçagi» faoliyat körsatmoqda. Şuningdek, vazirlik Akademiyasi Axborot-resurs markazi fondi qariyb 300–400 ming nusxa atrofidagi adabiyotlarni qamrab olgan bölib, ular huquqiy, badiiy, psixologik hamda elektron adabiyotlar bilan muntazam boyitib borilmoqda.
Xodimlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş va ularning ma‘naviyatini oşiriş maqsadida «Eng yaxşi kitobxon xodim» körik-tanlovi ötkazilib, ğoliblar rağbatlantirilmoqda. Şuningdek, haftaning belgilangan kunlarida taniqli yozuvçi va şoirlar, olimlar bilan ijodiy uçraşuvlar, yangi kitoblar taqdimoti taşkil etilmoqda.
Bundan taşqari, xodimlarning intellektual salohiyati va huquqiy savodxonligini oşiriş maqsadida IIV Akademiyasining raqamli platformalari, sohaviy ilmiy jurnallar hamda Yoşlar işlari agentligining «Mutolaa» kabi elektron kutubxona loyihalari tizimli ravişda yölga qöyilgan bölib, ular xodimlarning kasbiy adabiyotlardan keng foydalanişi hamda böş vaqtini mazmunli taşkil etişiga xizmat qilmoqda.
Ma’naviy xazina
Xodimning dunyoqaraşi va kasbiy mahoratini şakllantirişda quyidagi adabiyotlar töplami muhim ahamiyat kasb etadi:
Huquqiy va siyosiy adabiyotlar: Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev asarlari, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy qonunçilik töplamlari va inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar.
Badiiy va milliy mumtoz asarlar: Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Çölpon, Oybek, Abdulla Qahhor asarlari – insoniylik va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş uçun.
Jahon adabiyoti namunalari va psixologik asarlar: Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy, Erix Mariya Remark asarlari, şuningdek, inson psixologiyasi va muloqot san’atiga oid manbalar (Deyl Karnegi, Viktor Frankl va boşqalar).
Tarixiy va vatanparvarlik asarlari: Amir Temurning «Temur tuzuklari», Jaloliddin Manguberdi haqidagi tarixiy manbalar – mardlik va davlatçilik madaniyatini örganiş uçun.
Şu örinda ta’kidlaş kerakki, Içki işlar vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi örtasida hamkorlik memorandumi imzolangan bölib, u tizim xodimlari, harbiy xizmatçilari va ularning oila a’zolari örtasida ma’naviy-ma’rifiy işlarni yangi bosqiçga kötariş hamda yuksak vatanparvarlik tuyğularini şakllantirişga qaratilgan.
Xulosa örnida
Xalqimizda «Kitob – beminnat ustoz», «Kitobsiz inson – qanotsiz quş» degan hikmatli naqllar bejiz aytilmagan. Vatan tinçligi va el osoyiştaligi yölida xizmat qilayotgan yurt posbonining qalbida vatanparvarlik tuyğusi bilan birga yuksak ma’naviyat, mutolaaga mehr mujassam bölsa, bunday tizim har qanday murakkab vazifani muvaffaqiyatli bajarişga qodir böladi.
Kitobxon xodim – öz muomalasi, adolatli qarorlari va çuqur bilimi bilan fuqarolarning içki işlar organlariga bölgan işonçi yanada ortişiga xizmat qiladi. Osoyiştalik posbonining qalbidan kitob mustahkam örin egallar ekan, jamiyatimizda adolat va osoyiştalik yanada mustahkamlanadi, yurt taqdiriga daxldorlik hissi ortadi.
Feruz YÖLDOŞOV,
öz muxbirimiz.