Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti adminstiratsiyasi hamda vazirlik va idora rahbarlari ishtirokida Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabullarda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda xorijiy fuqarolar ham ishtirok etdi.
Qabul davomida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasiga oid tushgan barcha murojaatlar atroflicha oʻrganilib, aksariyati shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olingan 10 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxsga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.
– Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishni koʻp yillardan beri orzu qilib, kutayotgandim, – deydi Fargʻona tumanining Logʻona qishlogʻida yashovchi Umeda Hodjieva. – 1993-yilda Tojikiston Respublikasidan Fargʻona viloyatiga koʻchib kelganman. 1995-yilda turmush qurib, 3 nafar farzandim bilan fuqaroligi boʻlmagan shaxs sifatida yashab kelyotgandim. Sayyor qabul jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganimni aytib, qoʻlimga pasport berishganida juda xursand boʻlib, koʻzlarimga yosh keldi. Buning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga oʻz minnnatdorligimni bildiraman.
Davlatjon MIRSAODATOV,
Fargʻona viloyat IIB MvaFRB MTB
inspektori, kapitan.
