Rasuljon 13 yoshli Muhammadning Bo‘rijar kanaliga tushib, oqimda oqib ketayotganini ko‘rgach, bir lahza ham ikkilanmay suvga sakradi. U bolaga yetib borib, qo‘lidan ushladi va yana bir fuqaro yordamida uni sog‘-omon qirg‘oqqa olib chiqdi.
Muhammadning onasi Gulchehra Avezova voqea haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video orqali xabar topdi. U o‘g‘lining hayotini saqlab qolgan qahramonga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Qahramonning otasi Adhamjon Ahmedov o‘g‘lining jasoratidan behad faxrlanishini aytdi. Rasuljonning mardligi Toshkent shahar IIBB, Yashnobod tumani hokimligi va boshqa mutasaddilar tomonidan munosib e’tirof etildi. Uning turmush o‘rtog‘i Muhayyoxon ham ichki ishlar organlari tizimida xizmat qiladi.
Inson hayotini saqlab qolish — eng ulug‘ ezgu amallardan biridir. Safdor Rasuljon Jo‘rayevning jasorati xizmat burchiga sadoqat, insonparvarlik va chinakam mardlikning yorqin namunasidir.