Ma’lum bo‘lishicha, uch yoshli qizaloq va uning bir yarim yoshli singlisi ota-onasi bozorga ketgan paytda xonadonda yolg‘iz qolib ketgan. Katta leytenant Muhiddin Nuriddinov hech ikkilanmay daraxtga chiqdi va balkon orqali xonadonga kirdi. U bolalarni tinchlantirib, ularni ota-onasiga sog‘-omon topshirdi.
Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Instagramda keng tarqaldi. Ko‘plab foydalanuvchilar xodimning tezkorligi, jasorati va bolalar xavfsizligiga befarq bo‘lmaganini e’tirof etishdi.
Ichki ishlar organlari tizimida besh yildan buyon xizmat qilayotgan Muhiddin Nuriddinov inson hayotiga befarq bo‘lmaslik va zarur paytda yordam qo‘lini cho‘zishni nafaqat kasbiy burch, balki vijdon amri deb biladi. Uning jasoratli harakati huquq-tartibot xodimiga xos fidoyilik va insonparvarlikning yorqin namunasiga aylandi.