Shu yilning 12-yanvar kunidan 26-mart kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida Buxoro shahrida yashovchi Sh.X.ga tegishli “Xalq banki” Buxoro mintaqaviy filiali tomonidan ochilgan plastik kartochkasi va yana 69 nafar shaxsning plastik kartalaridan jami 295 million 17 ming soʻm pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritadi. Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIOFMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Alpomish koʻchasida yashovchi, 2000 yilda tugʻilgan X.O. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi. Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyatimiz hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh qilinmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
