Guliston Olimpiya zaxiralari kolleji hamda Guliston Akademik litseyi oʻquvchilari va talaba yoshlari ishtirokida shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xodimlari tomonidan “Oʻquvchi va talabalar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazildi.
Unda Guliston shahar IIB boshligʻining sohaviy xizmatlar boʻyicha oʻrinbosarlari oʻquvchi yoshlar bilan muloqotda boʻlib, giyohvandlik hamda psixotrop moddalar jinoyatchiligi bilan bogʻliq holatlarga beparvo boʻlmaslik, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish haqida tushuntirish berib oʻtishdi.
Targʻibot guruhiga jalb etilgan viloyat Narkologiya dispanseri xodimlari tomonidan giyohvand moddalar taʼsiridagi fiziologik xususiyatlar, odam organizmining qaytib oʻz holiga kelmaydigan ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida maʼruzalar tashkil etilib, bu illatga qarshi qonunchilikda belgilangan meʼyorlar toʻgʻrisida maʼlumot berishdi.
Tadbir davomida giyohvandlikning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida videomaterial namoyish etildi.
Abdurahmon Mustafoqulov,
“Postda” muxbiri.
