Butun dunyoda boʻlgani kabi, mamlakatimizda ham giyohvandlik illatiga qarshi jiddiy va murosasiz kurash olib borilmoqda. Zahri qotil minglab insonlarning hayotini barbod qilayotganiga qaramay, giyohvandlik vositalarining savdosi bilan shugʻullanayotganlar hamon topiladi. Uch farzandning otasi boʻlgan A.F toʻrt marotaba sudlanib, jazo muddatini oʻtab kelgan boʻlsa-da, qilmishidan toʻgʻri xulosa chiqarmadi. Bu gal ham moʻmay pul topishni koʻzlab, jinoyat koʻchasiga kirdi. 

Navoiy viloyati IIB JQB hamda DXX xodimlari hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbir davomida uning mashinasidan 23 ta gugurt qutisiga joylangan 170 grammdan ortiq nasha giyohvandlik vositasi va elektron tarozi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi. Ogʻufurush qancha afsus chekmasin, endi qonun oldida javob beradi. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.