Xususan, 241 nafar xodimga turarjoyni ijaraga olganlik uchun kompensatsiya puli toʻlab berildi.
25 nafar xodim imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olish dastlabki badal puli ajratib berildi. Ayniqsa, tizimda ishlayotgan xodimlarning 78 nafar farzandiga oʻqishga kirish uchun berilgan taviyanomalar asosida bugun ular oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishayotgani xodimlarimizni ota-ona sifatida quvontirdi.
Maxsus guruhlar, mutaxassis psixologlar yordamida doimiy ravishda xodimlarning xonadonlariga borib, ularning oilaviy sharoitlari oʻrganilmoqda. Ayniqsa, betob yotgan, tugʻuruq taʼtilida boʻlgan ayol xodimalarning ham oilaviy sharoitlari koʻzdan kechirilib, ular bilan alohida suhbatlar olib borilayotgani foyda bermoqda. Tushkunlikka tushgan xodimlarni ruhiy holatida oʻzgarishlar qilishga muvaffaq boʻldik, — deydi podpolkovnik Nargiza Jumayeva.
Avvalo, insonga boʻlgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik albatta mevasini beradi. Bugun viloyat ichki ishlar organlarida mehnat qilayotganlarga ogʻir kunida yelkadosh, maslahatgoʻy insonlar borligini sezar ekan, qalbida jamiyatga kerak ekanligini his qilishadi. Oʻz navbatida, bu jamoadagi ahillikni taʼminlaydi.
Feruza RAHMONQULOVA,
oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
