Mingbuloq tuman Qoʻgʻolikoʻl mahallasida 3-sektor rahbari raisligida mahallada sodir etilgan firibgarlik jinoyati keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Joriy yilning 9-may kuni Mingbuloq tumani Nayman mahallasida yashovchi ikki fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil sentyabr oyida Mingbuloq tumani Qogʻalikoʻl mahallasida yashovchi A. J. ularning ishonchiga kirib, Qirgʻiziston Respublikasidagi oliygohlaridan biriga oʻqishga kiritib qoʻyishini aytib, ulardan 7700 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani va ushbu mablagʻlarni oʻz manfaatlari yoʻlida sarflab yuborganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.
Ushbu holat boʻyicha tuman IIB TB tomonidan ayblanuvchiga 2022-yil 21-may kuni Jinoyat kadeksining tegishli moddalariga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tuman IIB boshligʻi, polkovnik M. Dadajonov fuqarolarning oʻzi firibgarlarga shart-sharoit yaratib berayotganini tanqid ostiga oldi. Qars ikki qoʻldan chiqadi. Biror-bir ishimni bitirib bering deb, fuqarolarning oʻzi korrupsion holatlarni keltirib chiqarib, aldanib, chuv tushib qolgandan keyingina huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilmoqdalar. Bu kabi holatlarning oldini olishga barcha birdek masʼul ekani taʼkidlandi.
Gulchehra Buvamirzaeva,
“Postda” muxbiri,
Namangan viloyati.
