Toshkent viloyati IIBB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan mazkur hudud bojxona organlari xodimlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi.

Tadbirda ushbu soha vakillarining fuqarolar sodir etgan huquqbuzarlik holatlarini rasmiylashtirish, ashyolarni protsessual tartibda qayd qilish, ekspertiza uchun namunalar olish va ularni topshirish kabi amaliy koʻnikmalarini boyitishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻylaymizki, bu kabi mashgʻulotlar bojxona xodimlarining xizmat samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻz muxbirimiz.