IIV oʻquv-dala markazida vazirlik Malaka oshirish instituti boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv yigʻini tinglovchilari bilan “Jamoat joylarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat naryadlarini olib borish jarayonida toʻsatdan yuzaga kelgan ekstremal vaziyatlarda maxsus vositalarni qoʻllash tartibi” boʻyicha fakulʼtativ amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Unda maxsus vositalarni qoʻllashning huquqiy asoslari va tartibi hamda mazkur vositalar bilan jangovar holatni qabul qilish va ularni qoʻllashda taqiqlangan holatlar oʻrgatildi.
Shuningdek, oʻtkazilgan mashgʻulotlar davomida qonunbuzarlar tomonidan turli koʻrinishdagi sovuq qurollar bilan osoyishtalik posbonlari va fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi holatlarda maxsus vositalarni qonunda belgilangan tartibda qoʻllash boʻyicha ham tinglovchilarning koʻnikmalari oshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
