IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari tasarrufidagi 7259-harbiy qismda qoʻmondonlikning masʼul ofiserlari tomonidan oʻrganish ishlarini olib borildi. Dastlab shaxsiy tarkib bilan umimiy saf koʻrigi, xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazildi. Unda jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, vazirlik rahbariyati tomonidan qoʻyilgan talablar, xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy amal qilgan holda yuklatilgan vazifalarni masʼuliyat bilan bajarishlari lozimligi yetkazildi. Shuningdek, harbiy qismning jangovar shayligini yanada oshirish hamda obʼektlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻquv-uslubiy mashgʻulotlar tashkil etildi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.