Jumladan, oʻgʻrilik, firibgarlik, avtomashina olib qochish jinoyatlari hamda avtoavariyalarning oldini olish boʻyicha “yoʻl xaritalari” tuzilib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xususan, hududlarni kameralashtirish, “qizil hudud”ga kiritilgan mahallalarni alohida nazoratga olish boʻyicha aniq vazifalar qoʻyildi. Tungi vaqtlarda jamoat joylarida nazoratni kuchaytirish, yoshlar bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida targʻibot tadbirlarini tashkil etish kabi masalalar ham muhokama markazida boʻldi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
