Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markazi Buxoro viloyati boʻlimida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli mazkur hududda joylashgan 7536-harbiy qismda oʻzining yigitlik burchini oʻtayotgan askarlar uchun test sinovlari boshlandi.

Muddatli harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishida imtiyoz beruvchi tavsiyanomalarni qoʻlga kiritish uchun boʻlayotgan ushbu sinovlarda ular tomonidan jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy, mantiqiy hamda matematika va fizika fanlariga oid jami 100 tadan iborat test savollariga oʻzlarining intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda javob qaytarishmoqda.

Biz ham katta hayot ostonasida turgan ona Vatanimiz himoyachilariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.