Samarqanddagi «Buyuk ipak yoʻli» xalqaro turizm markazining«Boqiy shahar» tarixiy majmuasida rassomlik, amaliy sanʼat, zardoʻzlik yoʻnalishlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, shirinlik savdo shoxobchalari, Chorsu sharq bozori, milliy kiyimlar galereyasi, savdo, kutubxona, qoʻgʻirchoq teatri va shaxmat maktabi joylashgan.
IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismning bir guruh muddatli harbiy xizmatchilar iqism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Adiz Narziyev boshchiligida ushbu maskanda sayohatda boʻlishdi.
Har qanday sayyohni qadimiy afsonalar olamiga, tarixiy obidalar dunyosiga olib kiradigan majmua askarlarda ham katta taassurot qoldirdi.
