IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼoni askarlari dam olish kunini mazmunli oʻtkazishdi. Harbiy xizmatchilar mustaqilligimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan ochilgan «Yangi Oʻzbekiston» bogʻiga sayohat qilishdi. Sayohat davomida bogʻ hududida barpo etilgan davlatimizning oʻtmishi va kelajagini oʻzida aks ettirgan sanʼat asarlari askarlarda katta taassurot qoldirdi. Ular bundan yuksak maʼnaviy oziqa olishdi. Qisqasi bogʻdagi har bir detal, sanʼat asarlari harbiylarning vatanparvarlik ruhini yanada joʻsh urdirdi.
Askarlar «yangi oʻzbekiston» bogʻida

Davom etib o'qing