Mamlakatimizda haydovchilarni tayyorlash oʻquv kurslari va ulardan yakuniy sinov imtihonlarini qabul qilish jarayonlari ochiq, shaffof va qatʼiy nazorat ostida oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Bu borada qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida tegishli nazorat organlari tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
IIV Shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasining Xorazm viloyati boʻyicha boʻlimi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Xonqa tumanida yashovchi Bobur Jovliev (ishtirokchilarning ismi-sharifi oʻzgartirilgan) hamshaharlari Jasur Ilhomov va uning ikki nafar tanishini haydovchilik guvohnomasini olishda yordam berishi evaziga 400 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
