2023-yil 21-iyul kuni soat 17:00 larda, Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Yorkatay mahallasi hududida shubhali xatti-harakatlar sodir etgan 1991-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomashina toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Avtomashina salonida joylashgan qutisida ikki dona oq rangli sellofan paketga oʻralgan oʻtkir hidli giyohvand moddaga oʻxshash modda borligi aniqlanib, tekshirib koʻrish uchun olingan.

Viloyat IIB EKMning xulosasida, ushbu moddalarning sof ogʻirligi 1,17 gramm boʻlgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi koʻrsatilgan.

Ushbu holat buyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.