Fargʻona shahrida internetda tavakkalchilikka asoslanadigan oʻyinda ishtirok etib, 30 million soʻm pullaridan ayrilgan ayol Iibga murojaat qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, A.G. 2020 yilning 28 dekabr kuni internet ijtimoiy tarmogʻi orqali nomaʼlum shaxs bilan tanishib qoladi. Notanish shaxs ayolning ishonchiga kirib, internetda oʻynaladigan tavakkalchilikka asoslanadigan oʻyin uchun aldov yoʻli bilan 30 million soʻm pulini qoʻlga kiritadi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ayolni aldab ketgan shaxs protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.