Ayol kasb-hunarli boʻlsa, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi oson kechadi. Zarafshon shahar IIB boshligʻi xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha oʻrganishlar olib bordi. U 3-sektor hududdagi tadbirkor ayollarning faoliyati bilan tanishib, "Ustoz-shogird" anʼanasiga koʻra ishsiz ayollarga kasb-hunar oʻrgatish orqali ularning bandligini taʼminlash taklifini berdi. Hozirda ishsiz xotin-qizlarning qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularga kasb-hunar oʻrgatish choralari koʻrilmoqda.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
