IIV huzuridagi JIED Toʻrtinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va uning tasarrufidagi muassasalarida xizmat olib borayotgan xodimalar oʻrtasida “Fidoyi ayol”, “Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovlari va “Zakovat” intellektual musobaqasi oʻtkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida 4 ta jamoa oʻzaro gʻoliblik uchun kurashdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakunida 1-oʻrinni “Yangi Oʻzbekiston” jamoasi qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlar esa “Tumaris” va “Barchinoylar” jamoalariga nasib etdi.
“Eng yaxshi kitobxon xodima” koʻrik-tanlovida 5-sonli tergov hibsxonasi davolash-profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimi shifokor-dermatovenerologi, kapitan Yaxshigul Nuriddinova gʻolib deb topildi. Ayni shu tergov hibsxonasi Davolash-profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimi felʼdsheri, katta serjant Oybarchin Sadinova “Fidoyi ayol” koʻrik-tanlovida zafar quchdi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Sherzod ESNMURODOV,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
