Chortoq tumani IIB Tashkiliy boʻlinmasi murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, 

mayor Fotima Ibragimovaning nomini koʻpchilik hurmat bilan tilga oladi. Uning teran fikrlashi, faoliyatida erishayotgan yaxshi koʻrsatkichlarini ham qahramonimizning kitob koʻp mutolaa qilishi bilan bogʻlash mumkin. 

Fotima bolalikdan zukko, tirishqoq qiz boʻlib, Chortoq shahridagi 53-ixtisoslashtirilgan maktab-­internatini tamomlab, IIV Akademiyasida oʻqib yurgan kezlarida ham boʻsh vaqtlarini behuda oʻtkazmas edi. 

– Oʻzbek adabiyotining noyob durdonalarini oʻqirkanman, 

Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Usmon Nosir, Said Ahmad, Mirmuhsin, Pirimqul Qodirov, Asqad Muxtorning asarlarida oʻzbekona ruh sezilib turadi. Millatimizning oʻziga xos urf-odatlari, qadriyatlari, yuksak insoniy fazilatlari butun boʻy-basti bilan namoyon boʻladi, – deydi Fotima oʻz fikrlari bilan boʻlishib. 

Yaqinda Namangan viloyati IIBda ayol xodimalar hamda IIV Namangan akademik liseyi oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan 

«Eng yaxshi kitob­xon xodima» koʻrik-tanlovida Fotima Ibragimova faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

– Bu kabi tanlovlar topqirlik, mushohada etish salohiyatingizni, bilimingizni oshiradi. Ayni paytda tanlovning respublika bosqichiga tayyorgarlik koʻryapman. Doʻstona uchrashuvlarda respublikamiz viloyatlarida faoliyat olib borayotgan hamkasblari­miz bilan yaqindan tanishamiz, tajriba almashamiz. Olgʻa bo­rishga, oʻz ustimizda ishlashga undaydigan bu kabi tanlovlar ichki ishlar sohasida ham oʻtkazilayotgani nur ustiga aʼlo nur boʻlmoqda, – deydi tanlov gʻolibasi Fotima Ibragimova.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

oʻz muxbirimiz. 

Namangan viloyati.