IIV Buxoro akademik litseyida “Navroʻz” bayramiga bagʻishlangan “Balli, yigitlar” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi Musobaqada 1-kurslarning “Alpomish” va 2- kurslarning “Bahodirlar” jamoasi oʻzaro kuch sinashdi. Jamoalar asosan 4 ta milliy sport oʻyinlari – 16 kg toshni bir qoʻlda koʻtarish, kamondan oʻq oʻtish, milliy kurash va arqon tortish turlari bilan belashishdi. Musobaqa yakuniga koʻra 3:1 hisobida “Alpomish” jamoasi gʻolib boʻldi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Kamol LATIPOV,
IIV Buxoro akademik litseyning jismoniy tarbiya oʻqituvchisi.
