Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qism 3-batalonida oʻzining yigitlik burchini oʻtayotgan askarlar Qiziltepa tumanidagi “Motamsaro ona” haykali qad rostlagan maydonga tashrif buyurishdi.

Batalon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor Q. Misirov muddatli harbiy xizmatchilarga mazkur majmua haqida batafsil maʼlumot berib, kelajagimiz egalarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.