“Nukus” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼonida baxshilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, joriy yilning 17-20 sentyabrʼ kunlari Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkazilishi belgilangan edi. Ayni kunlarda ushbu festivalʼ boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur festivalʼ doirasida Nukus shahriga kelgan Oʻzbekiston xalq baxshisi Bagʻshiqul Togʻaev va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan baxshi Baxtiyor Ortiqovlar ushbu batalʼonda boʻlishdi. Tadbirni harbiy qism komandiri, podpolkovnik Kamoliddin Kucharov ochib berdi.

Shundan soʻng baxshilar harbiy xizmatchilarga mazkur sanʼat turining kelib chiqish tarixi hamda milliy madaniyatimizda tutgan oʻrni haqida keng tushunchalar berishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida baxshilarning konsert dasturi ham namoyish etildi.

Tadbir yakunida esa, mehmonlarga qoraqalpoq milliy toʻnlari sovgʻa qilindi. 

Azamat PIRNIYaZOV,

“Postda” muxbiri.