Kitob tumani va Shahrisabz shahrining Yangi yil bayrami tadbirlari oʻtadigan markaziy hududlarida, bayram archalari atrofida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, yongʻin hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mazkur yoʻnalishda Yangi yil archasi atrofi va fuqarolar gavjum toʻplanadigan joylarda oʻrganishlar olib borildi. Bayram tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar va koʻchalarda xizmat olib borayotgan shahar-tuman IIBlari xodimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda xavfsizlikni taʼminlashga biriktirilgan boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbatlashildi.
Oʻrganishlar jarayonida kuch va vositalarni toʻgʻri, oqilona joylashtirish, xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda bayramni tinch va osoyishta oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. Masʼul xodimlarga fuqarolar hayoti va sogʻligʻini ishonchli muhofaza qilish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish boʻyicha tegishli tavsiya va yoʻriqnomalar berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
