Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida bir qator sport turlari boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, viloyat IIB sport maydonida mini futbol musobaqalariga start berildi. Turnirning ochilish marosimida viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov soʻzga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Uch kun davom etadigan musobaqada viloyat IIB sohaviy xizmatlari, Jizzax shahri va Zomin tumani Ichki ishlar boshqarmalari hamda tumanlar Ichki ishlar boʻlimlari xodimlaridan tarkib topgan 21 ta jamoa kuch sinashmoqda. Turnir gʻoliblari 25 oktyabrʼ – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
