Jizzax viloyati IIB tashabbusi bilan Yangiobod tumanining olis «Qoʻshqand» fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan tantana uyushtirildi. “Yangi hayot uchun - Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida oʻtgan tadbir davomida kurash, shaxmat-shashka musobaqalari tashkil etildi. 

Shuningdek, yosh sportchilar va Jizzax viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlarining koʻrgazmali chiqishlari barchaga zavq ulashdi. Nuroniylar esa toʻkin dasturxon atrofida dildan suhbat qurdilar. Tuman madaniyat markazi hamda viloyatning xushovoz xonandalarining konserti yigʻilganlarga xush kayfiyat bagʻishladi. Viloyat IIB Gʻallaorol tumanining Solin, Forish tumanining Nurak qishloqlarida ham shu kabi tantanalarni uyushtirdi.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.