Avval xabar qilinganidek, Toshkentda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Xalqlar doʻstligi maydonida harbiy texnikalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Bu yerga tashrif buyuruvchilar muhtasham sanʼat saroyi foyesida tashkil etilgan Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy Gvardiya hamda Bojxona qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdi. Xususan, tadbirga kelganlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan mazkur sanaga bagʻishlangan fotosuratlar va sohaviy xizmatlar tomonidan namoyish qilingan koʻrgazmani katta qiziqish bilan tomosha qilishmoqda.

Koʻrgazma 15 yanvarga qadar davom etadi.