Sanoqli kunlardan soʻng yurtimizning barcha hududlarida eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz Mustaqilligimizning 30 yilligi keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan IIV Markaziy apparati shaxsiy tarkibi oʻrtasida saf koʻrigi oʻtkazildi.
Vazirlik saf maydonida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda xodimlarning xizmat kiyimini oʻrnatilgan tartibga rioya etgan holda kiyib yurishi hamda ularning tashqi koʻrinishiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov xalqimiz tomonidan katta tantana qilinadigan istiqlol ayyomiga bagʻishlangan ommaviy tadbirlar yurtimizning barcha hududlarida uyushtirilayotgani, unga tayyorgarlik koʻrish chogʻida esa osoyishtalik posbonlari tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy rioya etishi taʼkidlandi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari, xodimlarning fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishi, odob-axloq qoidalariga amal qilishi hamda hushyorlik va kasbiy tayyorgarlikni yanada oshirish borasidagi muhim vazifalarga ham batafsil toʻxtaldi.
Shunday qilib, vatanparvarlik ruhida oʻtkazilgan mazkur tadbir yakunida IIV shaxsiy tarkibi orkestr sadolari ostida shaxdam qadamlar bilan saf maydonidan oʻtishdi.
Umid NURULLAEV,
podpolkovnik.
