Yangi yil bayrami arafasida Qoʻqon shahar IIBda tashkil qilingan Vatanparvarlik burchagining ochilishi hamda boshqarma tarixiga oid kitobning taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbirda Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Akbar Yusupov, Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov, huquq-tartibot organlari rahbarlari, soha faxriylari hamda yosh xodimlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Qoʻqon shahar ichki ishlar boshqarmasi: kecha va bugun” nomli kitob soha tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar va yosh xodimlar uchun muhim va foydali qoʻllanma boʻlishi taʼkidlab oʻtildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.