Jizzax shahrida IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud tasarrufidagi muassasalar, yaʼni Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi manzil koloniyalari hamda tergov hibsxonalari xodimlari ishtirokida harbiy koʻpkurash va stol tennisi musobaqalari oʻtkazildi. Soha vakillari 100 metr va 3000 metrga yugurish, toʻsinda tortilish, jangovar qurollarni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha imkoniyatlarini namoyish qildilar.
Ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bellashuvlarda 7 va 8-tergov hibsxonalari xodimlari eng yuqori natijalarga erishdilar. Har bir tur boʻyicha birinchilikni egallaganlar musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
