Namangan shahar IIOFMB va shahar xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni amalga oshirish va yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish hamda ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 31-umumtaʼlim maktabida tadbir tashkil etildi.

Unda Namangan viloyat IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant G.Rahmatullaeva, Namangan shahar IIOFMB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, mayor G.Hasanova hamda profilaktika inspektori, leytenant A.Sobitxanov ishtirok etdilar.

Oʻquvchilar besh tashabbus boʻyicha oʻzlarining mahoratlarini namoyish etishdi. Gʻoliblar Namangan shahar IIOFMB boshligʻining tashakkurnomasi va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Tadbir soʻngida jinoyatchilik, huquqbuzarlik va erta turmushning oldini olish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, uning salbiy oqibatlari haqida misollar orqali tushunchalar berildi.

Gulchehra BUVAMIRZAEVA,

«Postda» muxbiri.

Namangan viloyati.