IIV Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida “Oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Unga koʻra, mazkur huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlar, uning huquqiy oqibatlari muhokama qilinib, bu boradagi qonunbuzarliklar aks ettirilgan videoroliklar ham namoyish etildi.

Shu bilan birga, tinglovchilar mashgʻulot davomida oʻzlarining amaliy tajribalaridan kelib chiqqan holda “oila-turmush”, “huquqbuzarlik” va “huquqiy oqibat” kabi tushunchalarga fikr bildirib, mavzuga oid zaruriy bilim va koʻnikmalarga ham ega boʻlishdi.

Oʻz muxbirimiz.