Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarmasi tomonidan xodimlarning bilim saviyasini, kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda viloyat ichki ishlar organlarining tashkiliy boʻlinmalari boshliqlari, murojaatlar bilan ishlash guruhi inspektorlari, kanselyariya xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab oʻquv mashgʻulotiga jalb etilgan xodimlar bilan saf koʻrigi oʻtkazildi. Shundan soʻng oʻquv dasturi rejasiga asosan, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, qonunbuzilish holatlarining oldini olish boʻyicha tushunchalar berildi. Mashgʻulot davomida har bir yoʻnalish boʻyicha xodimlarning amaliy koʻnikmalari va nazariy bilimlari mustahkamlandi.

Oʻquv mashgʻuloti yakunida viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi boshligʻi huzurida hisobot yigʻilishi oʻtkazilib, tashkiliy boʻlinmalar tarkibidagi barcha tuzilmalar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar tahlil etildi. Sustkashlikka yoʻl qoʻygan xodimlar ogohlantirildi, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.