Yaqinda IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markaziga qarashli 47-son manzil-koloniya xodimlarining jangovar shaylik boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Mashgʻulot yakunida ulardan savolnoma tarzida sinov olindi. Shuningdek, muassasa shaxsiy takibining 2023-yil mobaynida Maʼnavit va maʼrifat darslarini qay darajada oʻzlashtirganligini aniqlash maqsadida imtihon oʻtkazildi.
Sinov hamda imtihonlar IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi masʼul xodimlari tomonidan qabul qilindi.
Muzaffar Hamidov,
podpolkovnik.
