Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xotin-qizlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi boʻlib oʻtdi.
Bellashuvlarda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar jamoalarga boʻlingan holda oʻzaro bilim va zukkoliklarini sinovdan oʻtkazdi.
Intellektual oʻyin savol-javob va bahs-munozaralarga boy boʻlgan bellashuvlar, hamda keskin va murosasiz jarayonlarga boy boʻldi. Har bir jamoa gʻoliblik uchun astoydil kurash olib bordi. Eng asossiysi intellektual oʻyin adolatli va shaffof oʻtishi taʼminlandi.
Oʻyini yakuniga koʻra gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bu kabi «Zakovat» intellektual bellashuvlarini oʻtkazishdan maqsad, tizimdagi xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, xotin-qizlar orasidan har tomonlama yetuk, bilimli hamda mahoratli xodimalarni aniqlash, asosiysi kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirishdan iboratdir.
