Bugun barcha taʼlim maskanlarida oʻquv jarayonlari boshlandi. IIV Samarqand Akademik litseyida ham yangi oʻquv yili oldidan “Bilimlar kuni” tadbiri oʻtkazildi, deya xabar qiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.
Qayd etilishicha, tadbirda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Yahyojon Abdulhaqov hamda Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shavkat Raxmonovlar ishtirok etib, litsey oʻqituvchi va oʻquvchilarini “Bilimlar kuni” bayrami hamda yangi oʻquv yili boshlanganligi munosabati bilan tabriklashdi. Oʻquvchilarni oʻqishlarida omad va zafarlar tiladilar.
Shuningdek, rahbarlar akademik litseyda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.
Yangi oʻquv yili avvalida bu samimiy uchrashuv oʻquvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,
«Postda» muxbiri.
Samarqand viloyati.
