Toʻlqin (ismlar oʻzgartirildi) qarasa, qoʻshni qishloqlik Doniyor darvozasi qarshisida turgan avtomashinaning eshigini ochiq qoldirgan edi. Toʻlqin darrov avtomashinaning ashyolar saqlanadigan qutisini koʻzdan kechirdi. Qora rangli qoʻl sumka turgan ekan. Shoshganidan sumkani oldi-yu, orqasiga qaramay qochdi.

Xonasiga kirib, sumkani ochdi. Ichidan uch dona Rossiya Federatsiyasidagi savdo doʻkonlarida foydalaniladigan bank plastik kartalari, bir dona transport kartasi, Rossiya Federatsiyasida yurish uchun rasmiylashtirilgan patent hujjatlari va Doniyorga tegishli xorijga chiqish pasporti, haydovchilik guvohnomasi, avtomashinaning boshqa tegishli hujjatlari hamda har xil kupyuradagi 342 ming soʻm pullar chiqdi...

Gʻijduvon tumani IIB xodimlari Doniyorning arizasi yuzasidan tergov-tezkor harakatlarini olib bordi. Osoyishtalik posbonlarining olib borgan surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida Toʻlqinning bilsa hazil, bilmasa chin qabilidagi oʻgʻriligi fosh etildi. Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.