Yangier shahri, Navroʻzobod mahallasida yashovchi fuqaro M. Shirin shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor N. ning ishonchiga kirib, goʻyoki, tikilgan liboslarni shartnoma asosida Sirdaryo viloyat Madaniyat boshqarmasiga topshirishlikka kelishib olib ketadi. Shu tariqa fuqaro N. ga ajratilgan 155 million soʻm mablagʻni qoʻlga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari yoʻlida ishlatib yuboradi.
Mazkur holat fosh etilib, aybdorga jazo belgilangach, sodir etilgan firibgarlik jinoyati Shirin shahrining Amir Temur mahallasi aholi ishtirokida muhokama etildi.
Muhokamada viloyat uchinchi sektor rahbari, IIB boshligʻi, polkovnik Shuhrat Boʻronov ishtirok etdi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
