Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, podpolkovnik Akmal Muratov shaxsiy qabul oʻtkazdi. Mazkur jarayonda qonunbuzarga nisbatan chora koʻrish, firibgardan mablagʻni undirish, turar joyni taʼmirlash, yoʻl belgilari oʻrnatish, salomatlikni tiklash kabi 30 dan ortiq murojaatlar bayon qilindi. Oʻz navbatida ushbu masala va muammolarni hal qilish yuzasidan masʼullarga topshiriq va vazifalar berildi.
Alijon Abdusattorov,
oʻz muxbirimiz.
