Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishiga asosan, Qarshi shahridagi harbiy shaharchada tuman-shahar ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari bosqichma-bosqich oʻquv yigʻinida ishtirok etishmoqda.
Profilaktika inspektorlarining jinoyatchilikning oldini olishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish koʻnikmasini oshirish, sohaga oid meʼyoriy hujjatlardan xabardorligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan oʻquv yigʻinlarida ishtirokchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi ham oshirilmoqda.
Yaqinda navbatdagi ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslarni bitirgan profilaktika inspektorlariga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Elbek JUMANOV,
mayor.
Qashqadaryo viloyati.