Fargʻona viloyati IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan joriy yilning 8 noyabridan 12 noyabr kuniga qadar viloyatdagi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalarida “Biz kiberjinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
IIV Fargʻona akademik litseyida boʻlib oʻtgan shunday tadbirda boʻlim xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning turi va ularni sodir etilishiga yoʻl qoʻyib kelayotgan sabab va shart-sharoitlar haqida atroflicha tushuncha berildi.
Fargʻona Davlat universiteti oʻqituvchi va talabalari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida esa “Kiberjinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” mavzusida maʼruza qilinib, yoshlar ogohlikka chaqirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
