Oramizda yashash xonadonidagi moʻʼjazgina bogʻiga mevali daraxtdan tortib, poliz ekinlarigacha qadaganlar koʻp. Baribir oʻz qoʻli bilan parvarishlagan nihollarning mevasidan totinganda, polizi oralab sabzavotlarni uzganda har qanday insonning koʻngli yorishib ketadi. Ammo koʻnglini va koʻzini giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirish ortidan moʻmay daromad topish istagi egallab ham yoʻq emas-da.
Viloyat huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Kattaqoʻrgʻon shahrida giyohvandlik oʻsimliklarni yetishtirib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmati xabar beradi.
Qayd etilishicha, Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchi B.M. yashash xonadonida 150 tup “koʻknori” va 1 tup “marixuana” giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,
“Postda” muxbiri.
Samarqand viloyati.
