Ijtimoiy himoyaga va koʻmakka muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish qadriyatlarimizga xos amallardan hisoblanadi. Romitan tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Sh.Hayitov sektor hududida yashovchi “Temir daftar”da turuvchi ehtiyojmand oilalarning farzandlariga hamda “qizil” toifadada roʻyxatda turuvchi yoshlarga maktab formalari va oʻquv qurollari topshirdi. Yangi oʻquv yilida yangi maktab formalik boʻlgani oʻquvchilarga bir olam quvonch baxsh etdi.
M.AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
