Yoʻl harakati qoidalariga amal qilish xotirjamlik kafolatidir. Shu bois buni bolalar ongiga singdirish kelajakda ularning yoʻllarda harakatlanish chogʻida ahamiyat qaratishi zarur boʻlgan jihatlar toʻgʻrisidagi tasavvurlarini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi.
Namangan shahri Davlatobod tumanidagi 65-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Unda tarbiyalanuvchilarga harakatli oʻyinlar orqali yoʻllarda harakatlanish qoidalari tushuntirildi.
Gulchehra BUVAMIRZAyEVA,
“Postda” muxbiri.
Namangan viloyati.
